Huawei 1
Surxondaryoda Malayziya kompaniyasi bilan hamkorlikda qishloq xo‘jaligi sohasi va baliqchilik tarmog‘i rivojlantiriladi

Prezidentning Malayziyaga davlat tashrifi doirasida ta’lim forumi, biznes vakillari ishtirokidagi uchrashuvlar, turistik ko‘rgazmalar o‘tkazilayotgan bo‘lib, ularda o‘zaro manfaatli aloqalar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishilmoqda.

Xususan, O'zbekiston delegatsiyasi tarkibida ushbu mamlakatda bo‘lib turgan Termiz davlat universiteti rahbariyati Malayziyaning "Kedah Agro Holdings" kompaniyasi mutasaddilari bilan muzokaralar o‘tkazib, qator yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik shartnomalarini imzoladi.

Jumladan, mazkur hamkorlikning birinchi bosqichida kompaniya tomonidan Surxondaryoda qishloq xo‘jaligi va baliqchilik tarmoqlarini ilmiy yondashuvlar asosida rivojlantirish loyihasiga 10 mln dollarlik investitsiya kiritishga kelishib olindi.

Shuningdek, "Kedah Agro Holdings" kompaniyasi rahbariyati va ekspertlaridan iborat delegatsiyaning joriy yil aprel oyida viloyatimizga tashrifini tashkil etish, vohamiz salohiyatidan kelib chiqqan holda boshqa yo‘nalishlarda ham hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha manfaatli kelishuvlar ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin 2025-2026-yillar O‘zbekiston-Malayziya sherikligini innovatsion rivojlantirish davri deb e’lon qilinishi haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20514 | Инструменты