Tanzila Narbayeva Zeynal Gadjiyev bilan odam savdosi qurbonlarini yurtimizga qaytarish masalalarini muhokama qildi
15 mart kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayevaning Xalqaro migratsiya tashkilotining Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy muvofiqlashtiruvchisi Zeynal Gadjiyev bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Unda O'zbekistonda aholi bandligini ta'minlash, munosib ish joylari va mehnat sharoitlarini yaratish, tashqi migratsiya borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi. Xususan fuqarolarimizni chet davlatlarda huquqlari va manfaatlari, munosib ish bilan ta'minlanishi, odam savdosi qurbonlarini yurtimizga qaytarish masalalari, noqonuniy migratsiya va boshqa yo'nalishlardagi ishlarning olib borilishi to'g'risida so'z yuritildi.
Uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi va Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va yangi yo'nalishlarni qamrab olgan holda hamkorlik ko'lamini kengaytirish imkoniyatlariga urg'u berildi.
Samarali muloqotlar natijasida tomonlar xalqaro hamkorlik bo'yicha belgilangan vazifalarni birgalikda amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirib, o'zaro manfaatli masalalar bo'yicha aloqalarni yanada faollashtirish, XMT va O'zbekistonning tegishli idoralari o'rtasidagi aloqalarni kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishishdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21223 | Инструменты