O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi parlament delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘lib turibdi. Senat raisi safar doirasida Qozog‘iston parlamenti Senati raisi Maulen Ashimbayev, Majlis raisi Yerlan Koshanov hamda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Uchrashuvlarda ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik, parlamentlararo hamkorlik va qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Qosim-Jo‘mart To‘qayev Tanzila Norboyevaning O‘zbekiston va Qozog‘iston xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini rivojlantirish hamda ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishga qo‘shgan shaxsiy hissasini yuksak baholab, 2-darajali “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 81920 | Инструменты