Huawei 1
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi. 

"BMT bosh qarorgohida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Janobi Oliylari bilan uchrashishdan mamnunmiz. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining salomini yetkazdik va Bosh kotib janoblariga BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasi boshlangani va Kelajak sammiti muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladik. BMT rahbariyati va tuzilmalarining O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar dasturini doimiy qo‘llab-quvvatlashini yuksak qadrlaymiz", deya yozgan u. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122219 | Инструменты