Timur Ishmetov va Abduqodir Toshqulov Prezident maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi
Prezidentining tegishli farmoni bilan:
Timur Ishmetov prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Moliya vaziri lavozimidan ozod etildi.
Ma'lumot o'rnida, Timur Ishmetov 1979-yilda Toshkentda tug'ilgan. 2000 yilda Toshkent moliya institutining «Moliya va kredit» fakulteti, 2005-yilda Birmingem universitetining International Money and Banking yo'nalishida magistratura bosqichini, 2007 yilda -Toshkent yuridik universitetining huquqshunoslik fakultetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2000-yilda Markaziy bank iqtisodchisi lavozimidan boshlagan. 2017-yil apreligacha turli lavozimlarda faoliyat ko'rsatgan. Jumladan, turli vaqtlarda MBning Monetar operatsiyalar departamenti, Xalqaro rezervlarni boshqarish departamenti, Ichki valyuta bozoridagi operatsiyalar va Valyuta boshqaruvi va nazorati departamentiga rahbarlik qilgan, 2017-2019-yillarda Markaziy bank raisi o'rinbosari bo'lgan.
2020-yilning fevral oyidan buyon Moliya vaziri sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Shuningdek, Abduqodir Toshqulov Prezidentning yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri lavozimidan ozod etildi.
Abduqodir Toshqulov Oliy ta'lim vaziri lavozimiga 2021-yil yanvar oyida tayinlangan edi.
Ma'lumot o'rnida, Abduqodir Toshqulov 1998-yil Termiz universitetini moliya va kredit mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
Mehnat faoliyati
Oʻqishni tamomlagach, universitetning moliya va soliq tizimi kafedrasida oʻqituvchisi, katta oʻqituvchisi vazifalarida ishlagan.
2002—2004-yillarda Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti ilmiy tadqiqotchisi, Bozor islohotlari ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi sifatida faoliyat olib borgan.
2004—2006-yillarda Termiz davlat universiteti Moliya kafedrasi mudiri, Fuqarolik jamiyatini oʻrganish instituti Surxondaryo viloyati filiali rahbari sifatida faoliyat yuritgan.
2006-yildan oʻzining mahalliy davlat boshqaruv organlarida faoliyatini Surxondaryo viloyati hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha yordamchisi vazifasidan boshlagan.
2010-yilgacha ushba lavozimda ishlagan, bir vaqtning oʻzida ilmiy-pedagogik faoliyatini ham davom ettirib, oʻrindoshlik asosida Termiz universiteti moliya kafedrasi mudiri vazifasida faoliyat yuritgan.
2010-yildan boshlab mamlakat siyosiy hayotidagi jarayonlardagi ishtirokini boshlagan.
2010—2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi, 2019—2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi aʼzosi sifatidada faoliyat koʻrsatgan.
2017—2021-yillarda Termiz davlat universiteti rektori lavozimida ishlagan.
Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi 6141-son farmoni bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri lavozimiga tayinlangan.
2022-yildan boshlab Voleybol Federatsiyasi rahbari etib tayinlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 81704 | Инструменты