Zambiya Milliy Assambleyasi kotibi Roy Mukoba Ngulube 2025 yil 7 aprel kuni Toshkentda xizmat safari chog‘ida qisqa muddatli kasallikdan so‘ng vafot etdi. Bu haqda xabar bergan Parlamentlararo ittifoq rasmiy sahifasida tashkilot raisi Tuliya Ekson va bosh kotibi Martin Chungong Zambiya xalqi va parlamentiga ushbu motam yuzasidan chuqur hamdardlik bildirgan.
Zambiya parlamentining xabariga ko‘ra, u Toshkentga IPU tadbirida qatnashish uchun kelgan Zambiya Milliy Assambleyasining Spikeri — Nelly Butete Kashumba Mutti'ga hamroh sifatida kelgan.
Roy Mukobaning o‘limi 7 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 20:35 da, qisqa kasallikdan so‘ng sodir bo‘lgan.
Zambiya Milliy Assambleyasi kotibi lavozimidagi shaxs – siyosiy emas, ma’muriy xodim hisoblangan. U Milliy Assambleya ishlarini tashkillashtirish, deputatlar va spiker uchun zarur hujjatlarni tayyorlash, texnik qo‘llab-quvvatlash hamda Parlament kotibiyati ishini boshqarish bilan shug‘ullangan.
Davlat xizmati sohasida 30 yillik tajribaga ega Roy Mukoba 2023 yil sentabr oyidan buyon ushbu lavozimni egallagan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41914 | Инструменты