Huawei 1
Toshkentda Janubiy Koreyaning Kyongi-do provinsiyasi vakolatxonasi ochiladi

O'zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov 26-iyul kuni Koreya Respublikasi elchisi Von Do Yonni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (ISSV) telegram kanali ma'lumotiga ko'ra, uchrashuvda savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikning bugungi holati va yanada kengaytirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

O'zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va ikki mamlakat biznes tuzilmalari o'rtasida sheriklik aloqalarini o'rnatish bo'yicha o'zaro chora-tadbirlar ko'rish bo'yicha kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, ikki tomonlama savdo aloqalarini rivojlantirishga to'sqinlik qilayotgan muammo va omillarni aniqlash va ularni tezkorlik bilan bartaraf etish bo'yicha ishlar faollashtiriladi.

Tomonlar Janubiy Koreyaning Kyongi-do provinsiyasi vakolatxonasining Toshkent shahrida ochilishini olqishladilar. Bu O'zbekistonda investitsiya faoliyatini qo'llab-quvvatlash uchun yaratilgan imtiyoz va preferensiyalardan foydalangan holda hududlararo hamkorlikni mustahkamlashga yordam beradi.

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) va Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik jamg'armasi (EDFC) bilan hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari alohida muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlari bo'yicha tomonlar sheriklik munosabatlarini kengaytirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar va muhokama qilingan vazifalarni jadal amalga oshirish doirasida amaliy hamkorlik formatini ishlab chiqdilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122315 | Инструменты