Joriy yil 22-24-dekabr kunlari Toshkent shahrida O'zbekiston–Misr hukumatlararo qo'shma komissiyasining navbatdagi 7-yig'ilishi bo'lib o'tadi.
15 yilda ilk marotaba o'tkazilayotgan qo'shma komissiya yig'ilishi O'zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov va Misr Rejalashtirish, iqtisodiy rivojlanish va xalqaro hamkorlik vaziri Rania Mashat rahbarligida o'tkaziladi.
Tadbir doirasida ikki davlat yirik tadbirkorlari ishtirokida O'zbekiston–Misr biznes-forumini ham o'tkazish rejalashtirilgan.
Mazkur tadbirlarda ishtirok etish uchun yurtimizga 30 dan ortiq Misrning yirik kompaniyalari, jumladan, El-Sewedy Electric, Hassan Allam Holding, ACDIMA, Nile Sugar, In2Metals rahbarlari tashrif buyuradi.
Qo'shma komissiya yig'ilishi yakuniga ko'ra ikki davlat vazirlik va idoralari o'rtasida xalqaro shartnomalar, kompaniyalar o'rtasida investitsion va eksport bitimlari imzolanishi kutilmoqda.
Qayd etish joizki, so'nggi bor O'zbekiston–Misr hukumatlararo qo'shma komissiyasining yig'ilishi 2009-yil 4-5-may kunlari Qohirada o'tkazilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122218 | Инструменты