Huawei 1
XDP dan ham prezidentlikka nomzod aniq bo'ldi

Oʻzbekiston "Xalq" demokratik partiyasining 7-avgust kungi navbatdagi 4-plenumida 2021-yilgi prezidentlik saylovida Maqsuda Vorisovani nomzod sifatida koʻrsatish masalasi muhokama qilindi. Bu haqda Uzreport TV muxbiri xabar berdi. 

Plenum davomida Maqsuda Vorisovani nomzod sifatida ilgari surish taklifi bildirildi. Soʻzga chiqqanlar bu taklifni bir ovozdan maʼqulladi.

Endilikda nomzod partiya qurultoyida maʼqullanishi kerakligi ma'lum qilinmoqda.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga