Huawei 1
OʻzLiDeP prezidentlik saylovida Shavkat Mirziyoyev nomzodini tavsiya qildi

Bu haqda bugun, 7 avgust kuni O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining navbatdagi plenumida ma'lum qilindi, deya xabar bermoqda Uzreport TV muxbiri.  

Unda 2021 yilgi prezidentlik saylovida Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni nomzod sifatida ko‘rsatish masalasi muhokama qilingan. 

Partiya tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni  MSK 5 kunlik muddatda koʻrib chiqib, ariza qanoatlantirilgan holatda siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga roʻyxatga olinganlik guvohnomasi va belgilangan namunadagi imzo varaqalarining blankalari berilishi ma'lum qilinmoqda. 

Ushbu talablar ijrosi bajarilgandan soʻng, navbatdagi partiyaning Qurultoyida nomzod koʻrsatish masalasi koʻrib chiqilishi kerak bo'ladi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122308 | Инструменты