Huawei 1
Yaponiyaning eng yirik turizm assotsiatsiyasi O‘zbekistonga yapon sayyohlar guruhlarini yuborishga qiziqish bildirmoqda

Tokio shahrida O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev va Yaponiyaning Sayyohlik agentliklari assotsiatsiyasi (JATA) direktorlar kengashi raisi Hiroyuki Takahashi o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida davlatlar o‘rtasida sayyohlik oqimini oshirish va turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Hiroyuki Takahashi Yaponiyadan O‘zbekistonga sayyohlar oqimining o‘sishini va yapon jamoatchiligining mamlakatimizni ziyorat qilishga bo‘lgan qiziqishining ortib borayotganini ta’kidladi.

Muzokaralar natijasida yapon turizm kompaniyalari bilan hamkorlikda O‘zbekistonga yapon sayyohlarining katta guruhlarini yuborishni, PR-kampaniyalar o‘tkazishni va Yaponiyaning eng yirik OAV va turistik kompaniyalar vakillari uchun O‘zbekistonda press va info turlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92815 | Инструменты