Huawei 1
1 fevraldan tezyurar poyezdlar uchun chipta narxi oshadi

"O‘zbekiston temiryo‘llari" aksiyadorlik jamiyati 1 fevraldan mamlakat ichida tezyurar poyezdlar uchun chiptalar narxi oshirilganini ma’lum qildi.

2025 yil 1 fevral sanasidan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdlarning VIP, biznes toifadagi chipta narxlari 25 foizga, ekonom toifadagi chipta narxlari 20 foizga hamda tezyurar yo‘lovchi poyezdlar "Sharq", "Nasaf" va "O‘zbekiston" poyezdlarning chipta narxlari 30 foizga oshirilmoqda.

"Afrosiyob" elektropoyezdlarni chipta narxlari quyidagicha:

Toshkent — Buxoro
VIP 994 000 so‘m
biznes 751 000 so‘m
ekonom 484 000 so‘m

Toshkent — Qarshi
VIP 854 000 so‘m
biznes 634 000 so‘m
ekonom 406 000 so‘m

Toshkent — Samarqand
VIP 619 000 so‘m
biznes 450 000 so‘m
ekonom 294 000 so‘m etib belgilandi.

Ta’kidlanishicha, 2024 yil 1 yanvardan boshlab yuqori tezlikdagi va tezyurar yo‘nalishdagi poyezdlarda yo‘lovchilarni tashish xizmatlari tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechish, shuningdek, ularni bozor tamoyillari asosida tartibga solish mexanizmiga o‘tildi.

O‘shandan beri tariflar bir necha marta oshdi: 2023 yil 1 noyabrdan, 2024 yil 20 yanvardan va 2024 yil 15 maydan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10822 | Инструменты