Huawei 1
10 oyda qurilish korxonalari 7,5 trln so‘m soliq to‘ladi

2024-yil yanvar-oktabr oylarida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 32 489 ta yuridik shaxs tomonidan 7,5 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Shundan 1 trln so‘mi, ya’ni 13,2 %i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 13,9 trln so‘mdan ziyod, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 159,8 mlrd so‘m.

Eng ko‘p soliq to‘lagan 20 ta korxona tomonidan qo‘llanilgan soliq imtiyozlari hamda to‘langan soliqlar batafsil infografikada.

Ushbu soliq to'lovchilar tomonidan ta'minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:

QQS - 462,6 mlrd so‘m;
foyda solig'i - 161,8 mlrd so‘m;
JShODS - 149,3 mlrd so‘m;
ijtimoiy soliq - 134,2 mlrd so‘m;
mol-mulk solig‘i - 48,1 mlrd so‘m;
yer solig‘i - 38,8 mlrd so‘m;
boshqa soliqlar - 7,3 mlrd so‘m.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120300 | Инструменты