Rossiyadagi avtohalokatda halok bo‘lgan 8 o‘zbekistonlikning jasadi qaytarildi
Xabar berilishicha, avtohalokada jarohatlangan 1 fuqaro Penza shahridagi shifoxonada vafot etgan. 8 nafar vafot etgan fuqarolarning jasadlari O‘zbekistondagi yashash manzillariga yuborilgan.
Toshkent viloyatidagi gaz zapravkada Kamaz yonib ketdi
Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lgan fuqarolar yo'q. Yong‘inning kelib chiqish sabablari va zarar miqdori aniqlanmoqda.
Toshkent shahrida Matiz yonib ketdi
Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yongʼin yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
“Qalqon” tizimi orqali 4 nafar qidiruvda bo‘lgan shaxslar ushlandi
Shu bilan birga mazkur tizim orqali bedarak yo‘qolgan voyaga yetmagan qiz ham topildi.
Poytaxtdagi kafelarning birida yong'in sodir bo'ldi
Yong‘in oqibatida 3 nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Begona shaxslarni uydan ro‘yxatdan chiqarish uchun ularning roziligi talab etilmasligi belgilandi
Turar joyga nisbatan mulkiy huquqlarga yoki turar joy mulkdori bilan qarindoshlik aloqalariga ega bo‘lmagan shaxslarni ushbu turar joydan doimiy ro‘yxatdan chiqarish uchun ularning roziligini olish bekor qilinmoqda (bundan taraflar o‘rtasida boshqacha kelishuv tuzilgan holatlar mustasno).
2024-yilgi ilk Xalqaro boks federatsiyasi reytingi eʼlon qilindi
Ushbu reytingdan 4 nafar bokschimiz o‘rin olgan.
Tadbirkorlarga elektrotexnika sanoatidagi investitsiya loyihalari uchun imtiyozli kreditlar beriladi
Elektrotexnika sanoatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun 2024-2026- yillarda tijorat banklariga, ularning buyurtmasiga asosan 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga, yillik 5 foiz stavkada 100 mln AQSH dollari miqdorida kredit liniyasi ochiladi.
Toshkent shahrida “777” avtoraqami 315 mln so‘mga sotildi
1-yanvardan 7-yanvargacha bo‘lgan davrda sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi 1,7 mln so‘mni, eng qimmat avtoraqamning bahosi esa 315,2 mln so‘mni tashkil qildi.
Toshkent shahrida hafta kunlarini juft va toq raqamli avtomobillarga bo‘lish masalasi ko‘rib chiqiladi
Bosh prokuraturaning xabar berishicha, atmosfera havosini “Avtomobilsiz kun”, hafta kunlarini juft va toq raqamli avtomobillarga bo‘lish, jamoat transport vositalaridan foydalanishni kengaytirish, standart minimumini “Yevro-4”ga ko‘tarish, sanoatda ko‘mir yoqilg‘isidan voz kechish va shu kabi ko‘plab takliflarni ishlab chiqish va realizatsiya qilish bo'yicha vazifalar amalga oshiriladi.
Toshkent aeroportida Hindistondan uchib kelgan ikki fuqaroning cho'ntagidan 1,8 mlrd so‘mlik olmoslar topildi
Bojxonachilar Toshkent xalqaro aeroportida 1,8 mlrd so‘mlik olmoslarni olib kirishga uringan shaxslarni to‘xtatib qolishdi.
Dzyudo: Olimpiada sovrindori yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
Diyorbek O‘rozboyev dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Turkiya tajribasi asosida O'zbekistonda 15 gektar maydonga bog‘ yaratiladi
Turkiyadan unumli tuproq va iqlim sharoitiga mos yangi, sifatli va serhosil meva navlari hamda payvandtaglarni olib kelinib, 15 gektar maydonda kolleksiya va ona bog‘larini barpo etish hamda bu orqali eksportbop meva navlari va manzarali o‘simliklarning standart talablariga mos ko‘chatlarini yetishtirishni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi.
2023-yilda 661 ming o‘zbekistonliklar dam olish uchun xorijga chiqqani ma'lum bo'ldi
Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2023-yilda qariyb 4,8 mln nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.
Konstitutsiyaviy sud sudyalarining vakolat muddati o'zgardi
Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz 10 yillik muddatga saylanadi (ilgari birinchi marta 5 yilga, ikkinchi marta 10 yilga saylangan).
O'zbekistonning 4 ta hududida "svet" va gazga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi
Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62809 | Инструменты