Huawei 1
15 may — Xalqaro oila kuni

1993 yil 20 sentyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining “Xalqaro oila yili to‘g‘risida”gi rezolyutsiyasi qabul qilingan. Ushbu xalqaro hujjatga muvofiq 1994 yildan boshlab 15 may – Xalqaro oila kuni (International Day of families) sifatida dunyoning deyarli barcha davlatlarida nishonlanadi.

Xalqaro oila kunini nishonlashdan maqsad oilalar bilan bog‘liq muammoli masalalarga davlat va jamoatchilik e’tiborini qaratish, oilalar ahvoliga ta’sir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy va demografik jarayonlar haqidagi bilimlarni chuqurlashtirishdan iborat. 

Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini sifatida azaldan insoniy qadriyatlar, milliy madaniyat va avlodlar davomiyligini asrovchi qo‘rg‘on, barqarorlik va taraqqiyot omili bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.

Oila — jamiyatning asosiy boshlang‘ich bo‘g‘ini, go‘zal urf-odatlar, milliy qadriyat va an’analarlarni o‘zida asrovchi, asrlar osha tarbiyada o‘ziga xos milliylikni shakllantiruvchi muqaddas maskan. Oila tinch bo‘lsa, mahalla tinch, jamiyat farovon, davlat mustahkam bo‘ladi. Ezguliklar oiladan boshlanadi, undan mahallaga ko‘chadi, jamiyatga kirib boradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60806 | Инструменты