16-oktabr – Xalqaro oziq-ovqat kuni
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan 1979 yilda o'tkazilgan konferensiyada ushbu kunni nishonlash taklifi ilgari surilgan.
1980 yil 5 dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 35-sessiyasida qabul qilingan rezolyutsiyaga muvofiq, har yilning 16 oktyabr kuni “Xalqaro oziq-ovqat kuni” deb e'lon qilindi.
Bosh Assambleya mazkur hujjatda hukumatlar, milliy, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlarni ushbu kunni keng miqyosda yuqori darajada nishonlashga chaqiradi. FAO ma'lumotlariga ko'ra, bugungi kunda 2 milliarddan ortiq odam xavfsiz va sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlanmagan. 2020 yilda pandemiya sababli ochlikda kun kechirayotgan odamlar soni 690 million kishiga yetgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12618 | Инструменты