Huawei 1
“2+6” dasturiga muvofiq yoshlarga subsidiya ajratiladi

Hukumat qarori (632-son, 08.10.2025-y.) bilan “Yoshlarning o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘qish xarajatlari bir qismi uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, “2+6” dasturi belgilangan xorijiy tillarni bilish bo‘yicha ballning (darajaning) kamida minimal ko‘rsatkichli sertifikatiga ega bo‘lgan ariza beruvchi o‘quv markazi tomonidan unga xorijiy tilni o‘qitish xizmatini ko‘rsatgani uchun dastlabki 2 oy uchun o‘qish xarajatini o‘z hisobidan to‘laganda, keyingi 6 oygacha o‘qish xarajati uchun Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘lar doirasida subsidiya ajratilishini nazarda tutadi.

“2+6” dasturiga muvofiq, yoshlarga har oy yakuni bo‘yicha quyidagi miqdorda subsidiya ajratiladi:

- Toshkent shahrida – BHMning 2 baravarigacha;

- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida – BHMning 1,5 baravarigacha;

-  tuman (shahar)larda – BHMning 1 baravarigacha.

Agentlik tomonidan 2025–2026 yillarda o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘rganadigan 20 ming nafargacha, 2031 yilga qadar har yili 20 ming nafargacha yoshlarga o‘qish xarajatlari uchun subsidiya ajratiladi.

Bunda tegishli yilda subsidiya ajratilgan yoshlar soni 20 ming nafardan oshgan taqdirda, o‘sha yil uchun subsidiya ajratish keyingi yilga qadar to‘xtatiladi.

Ariza beruvchilarning xorijiy tilni o‘qitish xarajati uchun:

- o‘quv markazlarining reytingini shakllantirish uchun belgilangan tartibda elektron platforma orqali ro‘yxatdan o‘tgan;

- ariza beruvchilarning o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashganini kunlik elektron nazorat qilish imkonini beruvchi elektron platformaga integratsiya qilingan o‘quv markazlariga “2+6” dasturi doirasida subsidiya ajratiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100918 | Инструменты