Huawei 1
2-iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

O‘zbekistonda birinchi sintetik metan ishlab chiqaruvchi qurilmalar ishga tushirildi

Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi ko‘magida amalga oshirilgan loyiha O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish, ekologik toza texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan strategik yo‘nalishlarning bir qismi bo‘lishi ta’kidlandi.

Senator odil sudlov masalasida: Afrikaning ayrim mamlakatlaridan ham orqadamiz

Senator Abdurahim Erkayev Senat yalpi majlisida O‘zbekiston jahon odil sudlov loyihasining huquq ustuvorligi indeksida pastlaganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, keyingi yillardagi sud-huquq tizimini isloh qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasi yo‘q.

Endi jarima ballarini my.gov.uz orqali onlayn olish mumkin

Endilikda sodir etilgan yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballari to‘g‘risidagi maʼlumotni my.gov.uz orqali onlayn olish mumkin.

"Vaqti-soati kelganida, tan olamiz". Abdulaziz Kamilov — Afg‘oniston hukumati haqida

O‘zbekiston Afg‘onistonning amaldagi hukumati bilan o‘zaro munosabatlarda pragmatik va prinsipial yondashuvni hamda “Tolibon” harakati ishtirokidagi xalqaro muloqot g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda davlat rahbarining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Kamilov intervyusida maʼlum qildi.

Futbol bo‘yicha BAA—O‘zbekiston o‘yini arafasida Toshkentdan turistlarni yubormaslik tavsiya etildi

Toshkent shahar Turizm boshqarmasi turfirmalar va tadbirkorlarga 5-iyun kuni BAAga turist yubormaslik choralarini ko‘rishni tavsiya etdi.

Farg‘onada hokim yordamchilari va bank mas’ullari qo‘lga tushdi

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

FVV magnit bo‘roni sabab kuchli zilzila bo‘lishi haqidagi xabarlarni rad etdi

Kuchli magnit bo‘roni sabab ikki sutkadan so‘ng sharqiy yarimshardagi seysmik mintaqalardan birida 7 magnitudan yuqori kuchli zilzila bo‘lishi xavfi oshayotgani haqida xabarlar tarqaldi. FVV buni rad etdi.

Markaziy bank O‘zbekiston kompaniyalariga sanksiyalar kiritilishining o‘rta muddatli xavfini pasaytirdi

Regulyator qisqa muddatda O‘zbekiston kompaniyalariga nisbatan cheklovlar kiritish xavfi darajasini o‘zgartirmay, “o‘rtacha” deb baholashda davom etmoqda.

Samarqanddagi maktabda 18 yoshli qiz tengdoshlarini kaltakladi

Ushbu holat yuzasidan Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy bayonot berdi.

AQShga bormoqchi bo'lgan O'zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

AQSh migratsiya idoralari shu yilning 28-may kuni immigratsiya siyosati va chegara nazorati bo'yicha kiritilgan o'zgartishlar haqida ma'lumot berdi. "Amerika Qo'shma Shtatlari barcha xorijiy hukumatlarni o'z fuqarolarining AQShda hibsga olinishi, deportatsiyasi yoki jinoiy javobgarlikka tortilishining oldini olish uchun ushbu qoidalarni o'z fuqarolari e'tiboriga yetkazishga chaqiradi", – deyilgan manbada.

BAA aeroportida ushlab turilgan o‘zbekistonliklar bo‘yicha rasmiy maʼlumot berildi

2-iyun kuni Jahon chempionati saralashi doirasida BAA–O‘zbekiston o‘yinini ko‘rish uchun borgan yuzlab o‘zbekistonlik muxlislar Sharja aeroportida 6-7 soat davomida ushlab turildi. Ushbu fuqarolarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun barcha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov maʼlum qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60601 | Инструменты