Huawei 1
2 nomdagi 140 o‘ram dori vositasi qalbakilashtirilganligi aniqlandi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tgan haftada poytaxtimiz hamda Toshkent va Namangan, Andijon, Xorazm hamda Samarqand viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbilarda olingan farmatsevtika mahsulotlari Markaz laboratoriyalarida o‘rnatilgan tartibda ekspertizadan o‘tkazildi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, 288 nomdagi 4510 o‘ram jumladan:

- 113 nomdagi 1850 o‘ram — davlat ro‘yxatidan o‘tgan va muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lgan;

- 150 nomdagi 2040 o‘ram — davlat ro‘yxatidan o‘tmagan va muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lmagan;

- 23 nomdagi 480 o‘ram — yaroqlilik muddati tugagan, sifatsiz;

- 2 nomdagi 140 o‘ram (Neufol-S 100 mg/5 ml ampula, Zardeks 300 mg kapsula) qalbakilashtirilgan farmatsevtika mahsulotlarini tibbiyot amaliyotida qo‘llash mumkinmasligi bo‘yicha xulosa berildi.

Hamda sifati kafolatlanmagan mazkur dori vositalari va tibbiy buyumlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102418 | Инструменты