Huawei 1
20-23-mart: Kelasi hafta O'zbekiston bo'ylab qanday ob-havo kuzatilishi ma'lum qilindi

Respublika Gidrometeorologiya markazi 20-23-mart kunlari ya'ni kelayotgan hafta qanday ob-havo kuzatilishini ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 20-martda 15-20° iliq, 21-22-martda 17-22°iliq, 23-martda 20-25° iliq bo’ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 20-martda 17-22° iliq, 21-22-23-martda 20-25° iliq, 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 20-martda bazi joylarda yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. 21-22-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 20-martda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 17-22° iliq, 21-22-23-martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo’ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 20-martda ertalab va kechasi ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. 21-22-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 20 martda 19-24° iliq, 21-22-23-martda 21-26° iliq bo’ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 20-martda bazi joylarda yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin, 21-22-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19-martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo’ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo oʻzgarib turadi, 20 martda vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’ishi, bazi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. 21-22-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadiHarorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 20 martda 5-10° iliq, 21-22 martda 8-13° iliq bo’ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91716 | Инструменты