Huawei 1
20-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

O‘zbekistonda yana uch davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilandi

“2025–2026 yillarda sayyohlar oqimini keskin ko‘paytirish va turistik xizmatlar ko‘lamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi. Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-iyundan Bahrayn qirolligi, Kuvayt davlati va O‘mon sultonligi fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilanadi.

Modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi

2027-yil 1-yanvargacha tadbirkorlar tomonidan modulli mehmonxonani qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun kamida 10 ta moduldan iborat bo‘lgan modulli mehmonxonalar uchun bir martalik subsidiya ajratiladi.

Samarqandda 11 sinf maktab o‘quvchisi vafot etdi

Maʼlum qilinishicha, Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Janjal tumandagi 1-maktabning 3 nafar o‘quvchisi va 12- maktabning 2 nafar o‘quvchisi o‘rtasida yuz bergan. Oqibatda o‘quvchilardan biri voqea joyida vafot etgan.

O‘zbekistonda norasmiy import ustidan nazoratni kuchaytirish taklif qilindi

Strategik islohotlar agentligi norasmiy yo‘l bilan keltirilgan tovarlar bozordagi mahsulotlarga nisbatan arzonroq sotilayotganini ta’kidladi.

Singapur O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Xalqaro yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish va O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini rivojlantirish tadbirlari doirasida dunyoning yetakchi havo “xab”laridan biri – "Changi" aeroporti (Singapur) vakillari bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Joriy yil yakunigacha inflyatsiya 8 foizga pasayishi kutilmoqda — Markaziy bank

O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi yaqin yillarda 5 foizga pasayadi. Tahlil qilinishicha, pul-kredit sharoitlarida qatʼiylik saqlab qolinishi joriy yil ikkinchi yarmida inflyatsiyaning pasayuvchi trendga o‘tishiga xizmat qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Vengriyaning yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi

Davlat rahbari Vengriya kompaniyalarining qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqishini yuksak baholadi. O‘z navbatida, biznes vakillari hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha taklif va rejalarini bildirdi.

Ispaniyaning yirik banki O'zbekistonda muhim loyihalarni moliyalashtirishga qiziqish bildirmoqda

O'zbekistonda ispan kompaniyalarining yurtimiz bozoriga kirib kelishiga ko'maklashuvchi, o'zaro manfaatli investitsiyalarni rag'batlantirish va biznesni rivojlantirish imkonini beruvchi "BancoSantander" filialini ochish taklifi bildirildi.

Shavkat Mirziyoyev "OTP Bank Group" rahbari Shandor Chani bilan uchrashdi

Prezident "OTP Bank Group"ning O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish borasidagi rejalarini olqishladi.

Davlat ijrochilari ijro yig‘imi hisobidan moddiy rag‘batlantiriladi

Davlat ijrochilariga beriladigan moddiy rag‘batlantirish miqdorlari Ijro ishi yurituvlari yagona elektron bazasi orqali avtomatik tarzda har oy yakuni bo‘yicha hisoblab boriladi.

Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirildi

Odam savdosi jinoyatini qalbaki hujjatlardan foydalangan holda, xuddi shuningdek jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qo‘ygan, yashirgan yoxud yo‘q qilib yuborgan holda sodir etganlik 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52023 | Инструменты