Huawei 1
20-oktyabrdan respublikada 40 kunlik "Yashil makon" umummilliy loyihasi boshlandi

Joriy yil 11-oktyabr kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo'lib o'tgan.

Yig‘ilishda “Yashil makon” doirasida yil yakuniga qadar 75 million dona va 2023 yil bahor oylarida yana 125 million dona mevali va manzarali ko‘chatlar ekish vazifasi qo‘yilgan. 

Shuningdek, o‘tgan yilgi tajribadan kelib chiqib, 20-oktyabrdan 1-dekabrgacha ko‘chat ekish bo‘yicha 40 kunlik ishlar eʼlon qilingandi. 

Shunga muvofiq, bugun, 20-oktyabr kunidan mamlakatimizda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida dolzarb 40 kunlik tadbiri boshlanadi.

Ko‘chatlarni ekishda e’tibor qaratadigan jihatlar ham bor. Bunda esa mutaxassis tavsiyasi, fikri muhim ahamiyatga ega. 

Shundan kelib chiqib, mavsum davomida mutaxassis va olimlar, tajribali bog‘bonlarning tavsiyalari ham berib borish rejalashtirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120500 | Инструменты