2023-yilgi "So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida tashkil etiladi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2022-2023-o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar” ishlab chiqildi.
Ushbu tadbirni mazkur tavsiya asosida tashkil etish va tadbir davomida quyidagilarga e’tibor qaratish so‘ralmoqda:
- umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida "So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 25-may kuni ertalab soat 8:00 dan 9:00ga qadar “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida tashkil etish;
- tadbirni tartibli oʻtkazish va oʻquvchilar xavfsizligini taʼminlash maqsadida oʻquvchilar sonidan kelib chiqqan holda ushbu tadbirga faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf oʻquvchilarini jalb etish;
- tadbirni mahalla qoʻmitasi, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda oʻtkazish hamda maktab hududiga texnika vositalari va begona shaxslarning kiritilmasligini taʼminlash;
- “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul yigʻimlariga yoʻl qoʻymaslik;
- maktab hayotida faol ishtirok etayotgan oʻquvchilarning ota-onalarini maʼnaviy ragʻbatlantirishga alohida eʼtibor qaratish.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11622 | Инструменты