O‘zenergoinspeksiya Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida “G. S.” MCHJga qarashli binoning gaz uskunalari hisoblagichdan tashqari gaz quvuriga yashirincha montaj qilish orqali ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 1 milliard 245 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61320 | Инструменты