2024-yil mamlakat bo‘ylab “103” xizmatiga jami 13 million 536 ming 396 ta chaqiriq kelib tushdi. Jumladan, bajarilgan chaqiruvlarning aksariyati, yaʼni 9 million 695 ming 302 tasi shoshilinch ko‘rsatma bilan, shuningdek, surunkali kasalliklar – 3 million 399 ming 379 ta va tug‘uruqlar – 91 ming 447 tani tashkil qildi. Bu haqda Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon Gafurov ma'lum qildi.
Eng ko‘p murojaatlar:
Eng kam chaqiriq Navoiy viloyati (401 762 ta), Sirdaryo viloyati (454 455 ta), Jizzax viloyati (548 238 ta) va Buxoro viloyatida (649 134 ta) hamda Xorazm viloyatida (662 239 ta) kuzatildi.
Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda “Tez yordam” xizmatida jami 2 857 ta tibbiy brigada faoliyat olib bormoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13102 | Инструменты