Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari ko'magida xalqaro kelishuvlarga muvofiq, 1 nafar voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi Vatanga qaytarildi.
Bola Toshkent shahri IIBB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi tomonidan qabul qilindi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi ko‘magida ota-onasiga topshirildi.
2024-yil yakuni bo‘yicha jami 120 nafar o‘zbekistonlik voyaga yetmagan fuqarolar vatanga qaytarilib, ota-onalari yoki yaqin qarindoshlari qaramog‘iga topshirildi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan xorijda qiyin vaziyatga tushgan bolalarni vatanga qaytarish va ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar davom etmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122023 | Инструменты