Huawei 1
2024-yil yakuniga ko'ra O'zbekistonda kambag'allik darajasi 11 foizdan 8,9 foizga kamaydi

Oʻzbekistonda 2024-yil yakuni bilan xalqaro standartlar asosida kambagʻallik darajasi aniqlandi

Unga koʻra, 2024-yilda Oʻzbekistonda kambagʻallik darajasi 11 foizdan 8,9 foizga kamaydi (3,3 mln kishi yoki 2023-yilga nisbatan 719 mingga kamaygan).

Ushbu natija – Jahon banki bilan hamkorlikda olib borilgan tadqiqotlar asosida aniqlangan.

Kambagʻallik darajasi eng yuqori pasayishlar:

- Buxoro viloyatida - 11,8 foizdan 8,7 foizgacha;

- Samarqand viloyatida - 10,5 foizdan 7,5 foizgacha;

- Namangan viloyatida - 10,4 foizdan 7,6 foizgacha;

- Qoraqalpogʻiston Respublikasida - 13,6 foizdan 10,8 foizgacha qayd etildi.  

2024-yilda aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka jalb qilish, tomorqa va dehqonchilik uchun ajratilgan yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha koʻrilgan choralar mamlakatda kambagʻallik darajasini pasaytirishga katta hissa qoʻshdi.

Buning natijasida 2024-yilda aholining real daromadi 10,7 foizga oʻsib, jon boshiga oyiga oʻrtacha 2,1 mln soʻmdan toʻgʻri keldi (yil boshida – 1,7 mln soʻm).

Jumladan, aholi daromadlari tarkibida:

- ish haqi – 42,6 foiz (2023-yilda – 41,9 foiz);

- tadbirkorlikdan daromadlar – 22,9 foiz (21,4 foiz);

- pensiya, ijtimoiy yordam va subsidiyalar – 18,2 foiz (18,9 foiz);

- qishloq xoʻjaligi va tomorqadan daromadlar – 10,7 foiz (9,8 foiz);

- xorijdan pul oʻtkazmalar – 2,0 foiz (3,1 foiz);

- boshqa daromadlar – 3,6 foiz (4,9 foiz)ni tashkil etdi.

Aholining ish haqidan daromadlari esa 2023-yilga nisbatan 12,9 foizga koʻpaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20314 | Инструменты