2024-yilda 15 turdagi mahsulotni eksporti bo‘yicha 71 ta korxona Xitoyning reyestriga kiritilib, bugungi kunda ularning soni 496 taga yetkazildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Axborot xizmati rahbari Sabina Sadinova maʼlum qildi.
Argentina o‘simliklar karantini xizmati (SENASA) bilan fitosanitariya sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida Bitim loyihasi parafirlandi. Joriy yilda belgilangan dastur asosida tadbirlar olib boriladi.
AQSH karantin xizmati (APHIS) va Karantin agentligi o‘rtasida meva-sabzavotlarni radiatsiyaviy zararsizlantirish usulini fitosanitariya chorasi sifatida tan olish bo‘yicha “Ekvivalentlik kelishuvi” imzolandi. Bu esa istiqbolda bir necha turdagi meva-sabzavotlarni eksportini amalga oshirish imkonini beradi.
O‘simliklarni himoya qilish vositalari bo‘yicha EPPO Ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishini 2025 yil 3-5 iyunda Toshkent shahrida o‘tkazilishi belgilandi. Bu hodisa O‘zbekistonning fitosanitariya sohasidagi salohiyati va yaratilgan sharoitlarni keng jamoatchilikka namoyish etish imkonini bergani bilan ahamiyatli.
Eʼtiborlisi, Karantin agentligi xodimi Sultonmaxmud Sultanov EPPO vitse-prezidenti lavozimiga ikkinchi muddatga qayta saylanib, uning faoliyati 2027 yilga qadar uzaytirildi.
Germaniya tomoni bilan olib borilgan muzokaralar natijasida “ALDI” yirik savdo tarmog‘iga har oy 1 mln dollarlik meva-sabzavot yetkazib berish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.
Fransiya karantin xizmati bilan elektron axborot tizimlari integratsiyasini yo‘lga qo‘yishga va ilm-fan sohasida hamkorlikni kengaytirishga kelishildi.
Xalqaro talablarga muvofiq Karantin agentligi tizimida dukkakli mahsulotlar eksportida “Sprout” sertifikatlash tizimi joriy etilib, Buyuk Britaniya, Yaponiya va Koreyaga 2,5 barobar qimmat (1 500 - 1 700 doll/tn) narxda sotish imkoniyati yaratildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11019 | Инструменты