Huawei 1
2024-yilda 4 ta davlatga 10 ta mahsulot eksporti uchun fitosanitar ruxsatlar olindi

AOKAda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi rahbariyati  ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi faoliyatining 2023-yildagi yakunlari, 2024-yildagi ustuvor vazifalar haqida ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, 2023-yilda 12 ta davlatga yana 23 turdagi mahsulotning eksportiga fitosanitar ruxsatlar olinishi ta’minlangan.

Tuproqdagi gumus miqdorini oshirish maqsadida 760 ming gektar maydonga yetadigan 3,8 mln tonna kompost tayyorlanib, dalaga kiritish ishlari olib borilgan.

Shuningdek, 33 ta tuproq agrokimyoviy tahlil laboratoriyalari ishga tushirilib, 19 351 ta yerdan foydalanuvchilarning 1 mln. 40 ming gektar maydonda konturlar kesimida tuproq tahlili o‘tkazildi.

Sohada 7 ta yangi axborot tizimi joriy qilinib, sohadagi 40 ta yo‘nalish (82 %) raqamlashtirildi.

Agentlikning asosiy vazifalaridan biridan fitosanitar xavfsizlikni ta’minlashdan iborat bo‘lib, eksport va import bo‘layotgan meva-sabzavotlarning xavfsizligi nazorati olib borilmoqda. Import mahsulotlari bo‘yicha Agentlikning Markaziy fitosanitariya laboratoriyasi tomonidan 220 mingta ekspertiza o‘tkazilib, 1 470 ta holatda 21 turdagi karantin obyektlari aniqlandi va tegishli fitosanitariya choralari ko‘rildi.

773 tonna va 16 ming dona zararlangan mahsulot eksportyor davlatlarga qaytarildi hamda 4,5 tonna va 405 ming dona mahsulot yo‘q qilindi.

Jahonda biologik kurash choralarini joriy etish bo‘yicha kuzatilayotgan tendensiyalarga, xalqaro tajribaga tayangan holda mamlakatda ekologik xavfsiz kurash choralarini joriy etishga e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda hududlarda biolaboratoriyalar tashkil etilib, 2023-yil yakuniga ko‘ra biolaboratoriyalar 639 taga va o‘simlik klinikalari 953 taga yetkazildi. Qayd etish kerak, biolaboratoriyalarning tashkil etilishi natijasida yangi qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish imkoni ham yuzaga keldi. Natijada xususiy sektorda 10,1 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga