Huawei 1
2024-yilda “E-auksion” orqali umumiy qiymati 35,6 trln so‘m bo‘lgan 289 706 ta lot elektron savdolarga chiqarildi

"Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish" AJ boshqarma boshlig‘i Zohirshoh Jo‘rayev 2024-yildagi faoliyati natijalari yuzasidan maʼlumot berdi

Boshlang‘ich narxi 12,6 trln so‘m bo‘lgan 233 470 ta lot 16,9 trln so‘mga yoki 4,3 trln so‘m qimmatroq narxga sotildi. Xususan:

- 2 trln 153 mlrd so‘mlik, 1 655 ta davlat aktivlari 2 trln 589 mlrd so‘mga;

- 2 trln 770 mlrd so‘mlik, 35 358 ta yer uchastkalari 4 trln 369 mlrd so‘mga;

- 203 mlrd so‘mlik, 7 759 ta davlat mulki ijarasi 306 mlrd so‘mga;

- 1 trln 728 mlrd so‘mlik, 7 136 ta ijro hujjatlari bo‘yicha mulklar 1 trln 920 mlrd so‘mga;

- 13 mlrd so‘mlik, 215 ta yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish 240 mlrd so‘mga va daryo o‘zanlarini tozalash huquqi 10 mlrd so‘mga;

- 2,9 mlrd so‘mlik, 7 898 ta ko‘chma savdo joylari 15 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Bundan tashqari, 2024 yil davomida yangi tartibga asosan boshlang‘ich narxi 2 trln 867 mlrd so‘m bo‘lgan 162 491ta qishloq xo‘jaligi yer maydonlari elektron auksion usuli orqali 3 trln 736 mlrd so‘mga ijaraga berildi.

2024-yil davomida “E-auksion” elektron savdo platformasiga 6,1 mln nafar foydalanuvchi tashrif buyurdi hamda o‘tkazilgan elektron auksion va tanlov savdolarida 408 655 nafar jismoniy va yuridik shaxslar qatnashdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 33113 | Инструменты