2024-yilda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 77 995 nafar shaxsga nisbatan 61 481 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. 723 nafar shaxs oqlanib, reabilitatsiya qilindi.
Sudlangan shaxslar soni 61 502 nafarni tashkil etib, shundan 20 659 nafar shaxsga ozodlikdan mahrum qilish va 39 763 nafariga boshqa turdagi jazolar tayinlandi, 1 080 nafar shaxs shartli hukm qilindi. Sudlangan shaxslarning 54 370 nafari erkak, 7 132 nafari ayol, 22 757 nafari yoshlar (shu jumladan 2 214 nafari voyaga yetmagan) va 2 637 nafari 60 yoshdan oshgan shaxslar.
7 956 nafar shaxs ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlanishi munosabati bilan sud zalida qamoqdan ozod qilindi, 33 151 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 11 581 nafariga tayinlangan jazosi yengili bilan almashtirildi va 14 991 nafar shaxsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz ravishda qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlandi yoki qayta malakalandi.
124 nafar shaxsga (yoshlar, ayollar va boshqalar) kafolat xatlari asosida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan. 33 146 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinib, 11 581 nafar shaxsning jazosi yengilrog‘i bilan almashtirildi.
Hisobot davrida ko‘rilgan jinoyat ishlarning aksariyatini firibgarlik, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, o‘g‘rilik, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish, qasddan badanga yengil shikast yetkazish, bezorilik, qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish bilan bog‘liq jinoyatlar tashkil etadi.
Yarashuv institutining samarali qo‘llanilishi natijasida 13 434 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etildi.
Apellyatsiya tartibida 11 992 nafar shaxsga nisbatan 8 740 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. 482 nafar shaxsga nisbatan birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 2 598 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirildi.
Kassatsiya tartibida 4 497 nafar shaxsga nisbatan 4 025 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. 322 nafar shaxsga nisbatan birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 1 001 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirildi.
Taftish tartibida 5 993 nafar shaxsga nisbatan 5 048 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. 172 nafar shaxsga nisbatan quyi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 700 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirildi.
Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati tomonidan taftish tartibida 1 269 nafar shaxsga nisbatan 1 103 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. 163 nafar shaxsga nisbatan quyi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 281 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirildi.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin 2024-yilda mingga yaqin hokim qarorlari haqiqiy emas deb topilgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21215 | Инструменты