Huawei 1
2024-yilda respublikaning 3 ta hududida onlayn kameralar orqali 3 mingdan ortiq huquqbuzarliklar aniqlandi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Situatsion markazi tomonidan respublikamizning ko‘plab hududlarida onlayn kameralar o‘rnatilgan. Bu kameralar orqali belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash bilan bog‘liq huquqbuzarliklar aniqlanmoqda. Xususan, 2024-yilda Sirdaryo, Samarqand va Xorazm viloyatlaridagi salbiy holatlar onlayn kameralarga muhrlandi.

Unga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida 21 ta kuzatuv kamerasi o‘rnatilgan bo‘lib, o‘tgan yilda jami 81 ta qoidabuzarlik holati qayd etilgan va barchasiga chora ko‘rilgan. Shuningdek, Samarqand viloyatida o‘rnatilgan 25 ta kuzatuv kamerasi orqali o‘tgan yili jami 2948 ta qoidabuzarlik aniqlangan. Shundan 219 ta huquqbuzarlik bo‘yicha maʼmuriy javobgarlik qo‘llanilib, jarima undirilgan. Qolgan 2729 ta qoidabuzarlik ijro jarayonida.

Bundan tashqari, Xorazm viloyatida o‘rnatilgan 17 ta kuzatuv kamerasi orqali 2024-yilda jami 108 ta qoidabuzarlik aniqlangan. Shundan 61 ta huquqbuzarlik bo‘yicha maʼmuriy javobgarlik qo‘llanilib, jarima undirilgan. Qolgan 47 ta qoidabuzarlikka chora belgilanmoqda.

Maʼlumot uchun, respublikamizning deyarli barcha hududlarida jami 250 ta onlayn kamera o‘rnatilgan bo‘lib, bu kameralar nafaqat chiqindi tashlash, balki boshqa turdagi ekologik huquqbuzarliklarni ham aniqlash va chora ko‘rish imkonini beradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22700 | Инструменты