O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Sardor Rashidov faoliyatini Namanganning “Navbahor” klubida davom ettiradi. Bu haqda O‘zbekiston Professional futbol ligasi (O‘zPFL) matbuot xizmati xabar berdi.
O‘tgan yilning yozida jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqan 33 yoshli Rashidov yangi mavsumni yana “Navbahor”da boshlaydi. “Transfermarkt”ga ko‘ra, bahosi 100 ming yevro bo‘lgan futbolchining namanganliklar bilan amaldagi shartnomasi shu yil dekabrda nihoyasiga yetadi.
Ma’lumot uchun, Rashidov faoliyati davomida “Bunyodkor”, “Al-Jaish” (Qatar), “Al-Jazira” (BAA), “Lokomotiv”, “Nasonal” (Portugaliya), “Qatar SK”, “Paxtakor”, “Al-Kuvayt” (Quvayt), “Umm-Salal” (Qatar) jamoalarida to‘p tepgan. Rashidov 5 karra O‘zbekiston chempioni, 2 karra O‘zbekiston Superkubogi va bir marta mamlakat kubogida g‘olib bo‘lgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22620 | Инструменты