Huawei 1
Toshkent ko‘chalarida yirtqich hayvon yurgani aniqlandi

Ishonch telefonlari orqali qilingan murojaat Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasining Yakkasaroy tumani inspektorlari tomonidan joyiga chiqib o’rganildi.

Ma'lum bo'lishicha, notanish hayvon Qizil kitobga kiritilgan 1 dona Qoraquloq ekanligi aniqlangan.

Holat bo’yicha Toshkent hayvonot bog’i mutaxassislari bilan hamkorlikda ushbu hayvoni tutish ishlari amalga oshirilib, Hayvonot bog’iga topshirildi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Toshkentda kalxat uchib yurgani kuzatilgan edi. Toshkent hayvonot bogʻi maʼmuriyatining maʼlum qilishicha, bogʻ va Ekologiya vazirligi xodimlari hamkorligida yirtqich qush hayvonot bogʻiga qaytarilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22622 | Инструменты