Jizzax viloyati Baxmal tumani “Mustaqillik” mahallasida joylashgan 48-maktab hududida qurilgan sun’iy qoplamali stadion tom qismi qulab tushdi.
Holat yuzasidan Jizzax viloyati hokimligi "Yagona Buyurtmachi Xizmati" rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, mazkur obyekt Jizzax viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” DUK buyurtmachiligida hamda “Suvinshoot qurilish loyiha” MCHJ pudratchiligida qurilgan bo‘lib, loyiha shartnoma qiymati 1 milliard 190 million so‘mni tashkil etadi.
Dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, stadionning tom qismining qulab tushishiga kuchli tabiiy ofat – shamol va qalin qor yog‘ishi sabab bo‘lgani aniqlangan. Buning natijasida sport maydonchasining tom qismi zarar ko‘rgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan shaxslar aniqlanmagan.
Holat yuzasidan buyurtmachi va pudratchi tashkilotlar tomonidan o’rganish ishlari olib borilmoqda.
Pudrat tashkiloti tomonidan loyihaga muvofiq tiklash ishlari amalga oshiriladi va stadion tez kunlarda qayta tiklanib, foydalanishga topshiriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22622 | Инструменты