Huawei 1
2024-yilda soliq huquqbuzarliklari haqida 99 mingdan ortiq murojaat yo‘llangan

2024-yilda “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 99 128 ta murojaat kelib tushgan.

Shundan:

- 90 216 tasi xarid cheki bermaslik;

- 4 273 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;

- 212 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;

- 4 427 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.

Murojaatlarning 54 435 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli ko‘rib chiqilmagan.

Murojaatlar asosida 37 897 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 99% holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.

Huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 33 053 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20%) 22,8 mlrd soʻm mukofot to‘langan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11613 | Инструменты