Huawei 1
2024-yilning birinchi yarmida ko‘chmas mulk savdosi 5,7 foizga qisqardi

Joriy yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha ko‘chmas mulk bozorida umumiy savdolar soni 5,7 foizga pasaydi. Ammo, hududiy kesimda vaziyat bir turli bo‘lmagan dinamika bilan xarakterlanadi, Andijon, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida faollikning oshgani qayd etilgan.

Tahlil ko‘chmas mulk bozorining beqarorligi va qisqa muddatli tebranishlariga ishora qilmoqda. Xususan, bir oy davomida faollik 6,4 foizga pasayib, ikki oylik ijobiy dinamikaning o‘rnini egalladi. Xolbuki may oyida sotuvlar 9 foizga, aprel oyida esa 11 foizga oshgan edi. Yil davomida sotuvlar esa deyarli 14 foizga pasaydi.

Umuman olganda, faollikning tushib ketishi mamlakat ko‘chmas mulk bozorining yalpi sekinlashganligini aks ettiradi.

Hududiy ko‘chmas mulk bozoridagi vaziyat

Oy davomida hududiy kesimda ko‘chmas mulk bilan operatsiyalarning eng ko‘p pasayishi Sirdaryo, Buxoro va Andijon viloyatlarida kuzatildi – navbati bilan 21%, 20% va 16%.

Respublikaning aksariyat hududlarida sotuvlar umumiy pasayishiga qaramasdan, Toshkent shahrida ijobiy dinamika saqlanib qolmoqda. Hisobot davrida poytaxtda faollik deyarli 5 foizga o‘sgan.

Joriy yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida umumiy savdolar soni 5,7 foizga pasaydi. Bu pasayish ayniqsa, Navoiy viloyatida sezilarli bo‘lib, operatsiyalar 26,5 foizga qisqardi. Bu ko‘rsatkich Toshkent shahrida 13,8 foizni, Jizzax viloyatida 10,6 foizni tashkil etdi.

Shu bilan birga, bir qator hududlarda ijobiy dinamika qayd etilmoqda. Xususan, 6 oy ichida o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda eng ko‘p o‘sish Andijon viloyatida – 12,7%, Xorazm viloyatida – 8,3% va Qashqadaryo viloyatida – 6% qayd etildi.

Toshkentda uy-joy ijarasi bozoridagi vaziyat

Poytaxt ijara bozori may oyida biroz tiklanishdan so‘ng, yana pasayish bilan xarakterlandi. Xususan, Toshkentda ijaraning o‘rtacha bahosi 1,2 foizga pasayib, bir kvadrat metr uchun 8,3 dollarni tashkil etdi.

Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara haqi hamon yuqori bo‘lib, har kvadrat metr uchun o‘rtacha 10,2 dollarga teng bo‘lib turibdi.

Nisbatan arzon uy ijarasi Olmazor, Sergeli va Bektemir tumanlarida saqlanib qolmoqda, bu joylarda ijaraning o‘rtacha narxi bir kvadrat metr uchun 6,4 dollarni tashkil qiladi.

Shu bilan birga, yil boshidan beri ijara narxining 9,8 foizga kamaygani qayd etildi, o‘tgan yilning iyuniga nisbatan esa ijara haqi 5,5 foizga pasaygan.

O‘tgan yilning iyuniga nisbatan ijara haqining eng sezilarli – 12 foizdan ko‘proq pasayishi Yashnobod va Mirzo-Ulug‘bek tumanlarida qayd etilgan bo‘lsa, Yunusobod va Yakkasaroy tumanlarida yuqoridagiga nisbatan quyiroq – 8,3 foizlik pasayish kuzatildi.

Ikkilamchi uy-joy bozori

Iyunda ikkilamchi ko‘chmas mulk bozorida uy-joy narxlarining o‘sish surʼati sekinlashdi. Agar may oyida uy-joy o‘rtacha narxining o‘sishi kvadrat metr uchun 1,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, iyun oyida ikkilamchi bozor atigi 0,3 foizga o‘sdi.

Biroq, o‘tgan yilning iyuniga nisbatan ikkilamchi bozorda narxlar deyarli 10 foizga oshdi.

Ikkilamchi uy-joy segmentida uy-joy narxining sezilarli o‘sishi Xorazm (18,1 foizga), Buxoro (17,1 foizga), Qashqadaryo (16,7 foizga) va Toshkent viloyatlarida (16 foizga) qayd etildi.

Toshkentda ikkilamchi bozordagi narxlar bir oyda 1,1 foizga pasaydi. Shayxontohur (0,8%), Yakkasaroy (0,6%) va Olmazor tumanlarida (0,3%) meʼyor doirasida o‘sish qayd etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты