Huawei 1
2025-yil budjet parametrlarida dollar kursi o‘rtacha yillik 13250 so‘mdan hisoblangan

2025-yilga mo‘ljallangan budjet parametrlarida dollar kursi o‘rtacha yillik 13250 so‘mdan hisoblangan. Bunga iqtisodchi-bloger Otabek Bakirov e’tibor qaratdi.

Qayd qilinishicha, 2025-yilda YaIM hajmi 1629 trln so‘mga yoki dollar ekvivalentida 123 mlrd dollarga yetishi maqsad qilingan. Bu va boshqa hisob-kitoblarda AQSh dollarining so‘mga nisbatan o‘rtacha yillik qiymati 13250 so‘mdan kiritilgan (2026-yil uchun 13725 so‘m, 2027-yil uchun 14150 so‘m).

Uning ta’kidlashicha, 2023-yil uchun norasmiy va yashirin iqtisodiyot qo‘shilib qayta baholangan YaIM hajmi 101,5 mlrd dollar miqdorida ko‘rsatilgan, 2022-yil uchun ham qayta hisoblangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110222 | Инструменты