Ijtimoiy tarmoqlarda begona ayol maktab o‘quvchisining qo‘lidan ushlamoqchiligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 10-fevral kuni taxminan soat 14:00 larda Bektemir tumani, Bilol Nozim ko‘chasida joylashgan bekat oldida, 1990-yilda tug‘ilgan, muntazam ravishda ruhiy-asab kasalliklari dispanserida davolanib turuvchi R.Ch. o‘ziga begona bo‘lgan maktab o‘quvchisini oldiga kelib muloqotga kirishgan.
Shubhali ko‘ringan ayol mahalla fuqarolarini ko‘rib, ketib qolgan.
Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ayol ushlangan.
Holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21120 | Инструменты