JSST (WHO)ning Xalqaro farmakopeyasi hamda Hindiston farmakopeya komissiyasi (IPC) bilan hamkorlikda Hindistonning Nyu-Dehli shahrida IMWP - 15-son Jahon farmakopeyalari yig‘ilishi o‘tkazildi.
Mazkur anjumanda Xalqaro farmakopeya, Yevropa Farmakopeya Komissiyasi, YEII farmakopeyasi, shuningdek, USP - AQSH Farmakopeya Konvensiyasi, Hindiston Farmakopeya Komissiyasining rahbar xodimlari va bir qator davlatlarning farmakopeya vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi nomidan ishtirok etgan Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish bo‘limi bosh mutaxassisi Akmal Zaynidinov “O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish holati va amaliyotga joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar” mavzusida anjuman qatnashchilariga maʼlumot berdi.
Shuningdek, yig‘ilish sessiyalarida global farmakopeya yetakchilari, tartibga soluvchi organlar va sanoat manfaatdor tomonlari farmatsevtika standartlari va uyg‘unlashtirish bilan bog‘liq asosiy masalalarni muhokama qildilar.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21121 | Инструменты