21-oktyabr — O'zbek tili bayrami kuni
Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.
1989 yilning 21 oktyabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga - Davlat tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‘lgan ona tilimiz o‘zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo‘ldi.
Shuningdek, 2020 yilning 10-aprel kuni O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O'zbek tili bayrami kunini belgilash to'g'risida»gi qonunni imzoladi.
Qonunga asosan, 21-oktyabr O'zbek tili bayrami kuni etib belgilangan.
Uzreport AA barcha yurtdoshlarimizni O'zbek tili bayrami kuni bilan tabriklaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100600 | Инструменты