Huawei 1
22 sentyabr – Xalqaro avtomobilsiz kun

22 sentyabr - Xalqaro avtomobilsiz harakatlanish kunidir. Shu bois, bugun dunyodagi avtomobil va motosikl haydovchilariga kun davomida transport vositalaridan foydalanmaslik tavsiya etiladi. 

Ko‘plab mamlakatlar va shaharlarda piyoda yurish, velosiped yoki jamoat transportlaridan foydalanishni targ‘ib qiluvchi aksiyalar, tadbirlar o‘tkaziladi.

Shuningdek, 1995 yildan beri bu sana World Car Free Days konsorsiumi tashabbusi bilan dunyoning yuzlab shaharlarida o‘tkazib kelinmoqda.

Ma’lumot uchun: Hukumat qarori bilan 2021 yildan boshlab 22 sentyabr respublika bo‘yicha “Avtomobilsiz kun” sifatida e’lon qilingan.  Shu kuni shaxsiy avtomobilda harakatlanishdan ixtiyoriy ravishda voz kechish tavsiya etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga