Payariq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.U. “P.F.” MCHJga qarashli binoda yashirin sex tashkil etib, hech qanday hujjatsiz yog‘ ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanayotganligi aniqlangan.
Ushbu sexdan 6,8 tonna paxta xomashyosi, 2 tonna texnik chigit, 126 kg isteʼmolga yaroqsiz yog‘ va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar-moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110718 | Инструменты