Avstraliya hukumati 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlovchi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda Associated Press yozmoqda.
"Ijtimoiy tarmoqlar bizning bolalarimizga zarar yetkazmoqda va men buni to'xtatishga chaqiraman", dedi Bosh vazir Entoni Albanese.
Qayd etilishicha, qonun loyihasi endi ikki hafta ichida parlamentga taqdim etiladi. Hujjat tasdiqlansa, yosh chegarasi qonun qabul qilinganidan keyin 12 oy o‘tgach kuchga kiradi. Bu vaqt ichida ijtimoiy platformalar tegishli foydalanuvchilarni qanday olib tashlashni hal qilishi kerak.
Aniqlik kiritilishicha, ijtimoiy tarmoqlar qonunni buzganlik uchun javobgar bo‘ladi – voyaga yetmagan bolalarning o‘zlari va ularning ota-onalari yosh chegarasini buzganliklari uchun jazo choralariga tortilmaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110718 | Инструменты