Huawei 1
27-noyabr kuni navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi bo‘lib o‘tadi

Tadbir har oyning to‘rtinchi chorshanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida avtotransport vositalaridan atmosferaga chiqayotgan zararli chiqindilarning salbiy ta’sirini kamaytirish, shaharlarda shovqin darajasini pasaytirish va atrof-muhit muhofazasini yaxshilash maqsadida o‘tkaziladi.

Aksiya doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahridagi davlat tashkilotlarining barcha rahbar va xodimlariga, barcha yurtdoshlarimizga shaxsiy avtomashinalardan voz kechib, jamoat transporti, velosiped kabi vositalardan foydalanish yoki piyoda harakatlanish tavsiya etiladi.

“Avtomobilsiz kun” aksiyasiga qoʻshiling va atrof-muhitni muhofaza qilishga hissa qoʻshing! 

Mashinangizni uyda qoldiring va ekologik toza usullarni tanlang. Birgalikda shaharlarimiz havosini yanada ekologik toza saqlay olamiz.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112617 | Инструменты