Huawei 1
3,1 mlrd so‘mlik 11 ta davlat xaridi qonunchilikka zid tarzda o‘tkazilishining oldi olindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan joriy yilning avgust-sentyabr oylarida davlat buyurtmachilari tomonidan jami 3,1 mlrd so‘mlik 11 ta davlat xaridida qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Jumladan, quyidagi davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan:

- Narpay tuman Tibbiyot birlashmasining 673 mln so‘mlik;

- Shumanay tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasining 343 mln so‘mlik;

- Kattaqo‘rgon tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limining 215 mln so‘mlik;

- Oltinsoy tumani hokimligining 193 mln so‘mlik;

- Qumqo‘rg‘on tumani 2-son kasb-hunar maktabining 115 mln so‘mlik;

- Buxoro Davlat Pedagogika instituti huzuridagi Akademik litseyining 56 mln so‘mlik davlat xaridlari.

Shuningdek, “Qamchiqavtoyo‘l ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish korxonasi” davlat muassasasi buyurtmachiligida o‘tkazilgan 1,5 mlrd so‘mlik davlat xaridida o‘zaro affillangan shaxslar ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilgan.

Agentlikning taqdimnomalariga asosan xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilinib, mazkur davlat xaridlarining qonunga xilof ravishda o'tkazilishining oldi olindi.

O‘rganish va tahlillar jarayonida to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92421 | Инструменты