O'zbekiston elchixonasi tomonidan yangi mavsumda Britaniya qishloq xo'jaligi sohasiga o'zbekistonlik mehnat migrantlarini jalb qilish maqsadida "Pro-Force Limited" va "HOPS Labour Solutions Ltd" rekruting agentliklari vakillari bilan muzokaralar o'tkazildi.
Muzokaralar natijasida joriy yil fevral oyida "Pro-Force Limited" agentligining Toshkentga tashrifini tashkil etish va 3 mingga yaqin saralangan nomzodlarni boshlab bosqichma-bosqich tarzda Buyuk Britaniyada ish bilan ta'minlash bo'yicha kelishuvga erishildi.
Shuningdek, "HOPS Labour Solutions Ltd" kompaniyasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda 14-15-yanvar kunlari o'zbekistonlik mehnat migrantlarini uchun onlayn tarzda test sinovlarini tashkil etishga kelishib olindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11018 | Инструменты