4-noyabr – O'zbekiston Fanlar akademiyasi tashkil topgan kun
Bugun O'zbekistonda Fanlar Akademiyasi tashkil topgan kun. 1932-yil 4-noyabr kuni tuzilgan tashkilot dastlab Fanlar Qo'mitasi deb nomlangan. Keyin 1940-yilda SSSR Fanlar Akademiyasining filiali Toshkentda tashkil etilgan.
Fanlar akademiyasining birinchi Prezidenti Qori-Niyoziy bo'lgan. Shuningdek, G'afur G'ulom, Oybek (Muso Toshmuhammedov), fizik olim Sulton Umarov, biolog Rixard Shreder, matematiklar Vsevolod Romanovskiy va Toshmuhammad Sarimsoqov, shuningdek, etnograf olim Mixail Andreyev, irrigatorlar Askochenskiy va Poslavskiylar birinchi haqiqiy a'zolar hisoblanishadi.
2017-yildan buyon Fanlar akademiyasiga fizika-matematika fanlari doktori, akademik Behzod Yo'ldoshev rahbarlik qilmoqda.
Fanlar Akademiyasida ko'pgina xorijiy davlatlarning ilmiy muassasalari bilan birgalikda tadqiqotlar olib borilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Fanlar Akademiyasining Yadro fizikasi, Elektronika, Fizika-texnika, Mikrobiologiya, Biokimyo, Suv muammolari, Umumiy va noorganik kimyo institutlari bilan Amerika Qo'shma Shtatlari, Xitoy, Germaniya, Italiya, Fransiya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Hindiston, Turkiyadagi yirik ilmiy markazlar o'rtasida manfaatli hamkorlik yo'lga qo'yilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90411 | Инструменты