Huawei 1
4 ta texnikumda tajriba tariqasida 12 ta kvalifikatsiya bo‘yicha “Pirson” kompaniyasining BITEK dasturini joriy qilinadi

Texnikumlarda o‘qish muddatlari va davomiyligini kasb murakkabligi va o‘quvchining taʼlim darajasiga qarab belgilanadi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova maʼlum qildi.

O‘z navbatida turli darajadagi kasbiy taʼlim dasturlarining o‘zaro muvofiqligi va uzviyligi taʼminlanadi, yaʼni o‘zlashtirilgan modullardan kelib chiqib taʼlim dasturlarining o‘qitish muddatlari belgilanadi. 

O‘rta maxsus kasbiy taʼlim dasturlarining bitiruvchilari o‘zlashtirgan modullari, to‘plangan kreditlari va oliy taʼlim tashkiloti tomonidan belgilangan ballar o‘rtacha qiymatidan (GPA) kelib chiqib, bakalavriatning muayyan bosqichidan o‘qishni davom ettirishimkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Har bitta texnikumda BITEK dasturi bo‘yicha alohida bo‘lim tashkil etiladi. Bo‘lim xodimlari Pirson kompaniyasi bilan hamkorlikda dastur joriy qilinishini to‘liq muvofiqlashtirib boradi.  BITEK dasturi joriy qilingan muassasalarga to‘liq akademik mustaqillik beriladi.

BITEK dasturlarini amaliyotga kiritish natijasida 180 nafar pedagogning malakasi oshiriladi va yiliga 1 680 nafar o‘quvchilar o‘qishga qabul qilinadi.

Bitiruvchilarga 70 ta davlatda tan olinadigan diplom beriladi va 200 dan ortiq xorijiy universitetlarga kirish imkoni yaratiladi. Natijada, rivojlangan davlatlardagi malakali va yuqori daromadli ish o‘rinlariga yuborilgan muhojirlarning ko‘lami oshadi.

BITEK dasturlarini joriy qilish natijasian kelib chiqib, ushbu tajriba bosqichma-bosqich boshqa texnikumlarga ham tatbiq etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102201 | Инструменты