Joriy yilning 19 oktyabr kuni o‘zbekistonlik MMA jangchisi Humoyun To‘xtamurodov “Naiza 68” turnirida oktagonga ko‘tarilib, navbatdagi g‘alabasiga erishdi.
Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan turnirda To‘xtamurodovga qarshi eronlik tajribali Alirizo Shariati oktagonga ko‘tarildi. Jang 1 daqiqaga qolmasdan o‘zbekistonlik sportchining foydasiga hal bo‘ldi. 25 yoshli To‘xtamurodov og‘ritish uslubi bilan 33 yoshli Shariatini mag‘lub etdi.
Shunday qilib, To‘xtamurodov faoliyatidagi 11-g‘alabasiga erishgan bo‘lsa, Shariati MMA'dagi 1-mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
Qayd etish joiz, To‘xtamurodovning keyingi jangi liganing BMF kamari uchun o‘tkazilishi kutilmoqda. Toshkent mezbonlik qilishi kutilayotgan bo‘lajak turnirda To‘xtamurodovga qarshi qozog‘istonlik Davlat Usserbay raqib bo‘lishi belgilangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122219 | Инструменты